Al’varesning agenti "Barselona"ga o‘tish ustida ishlamoqda
Madridning "Atletiko" klubi hujumchisi Julian Alvares yozda "Barselona"ga o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarlar kuchaymoqda.
Kataloniya klubi uchun markaziy hujumchi pozitsiyasini kuchaytirish asosiy vazifalardan biri bo‘lib turibdi va 26 yoshli argentinalik forvard ustuvor variant sifatida ko‘rilmoqda.
"RAC1" ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining agenti mijozini "Barselona"ga olib o‘tish ustida ish boshlagan. Biroq klublar o‘rtasida kelishuvga hali ancha bor, chunki madridliklar talab qilayotgan summa juda yuqori.
Transfermarkt portali Alvaresning bozor qiymatini 90 million yevro deb baholamoqda. Uning "Atletiko" bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilga qadar mo‘ljallangan.

Fikrlar