Amaldagi chempionni yutgan "Olimpik" endi "So‘g‘diyona"ni sinovdan o‘tkazadimi?

  • 9 mart, 2023, 23:41
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Olimpik” Coca-Cola Superligasi 2-turi doirasida “So‘g‘diyona” mehmoni bo‘ladi. Uchrashuv 10 mart kuni “Zomin” stadionida 15:30 da boshlanadi.

Tecno

Shu kungacha “bo‘rilar” bilan ikki bor to‘qnash kelingan. Har ikki bahs Superliganing o‘tgan mavsumiga to‘g‘ri keladi. “Superliga-2022” 4-turi doirasida Jizzaxda tashkillashtirilgan uchrashuvda Otabek Jo‘raqo‘ziev 78-daqiqada hisobni ochgan. 90+3 - daqiqada esa Shohruz Norxonov muvozanatni tiklagan - 1:1.

2-davra doirasida 17-turda o‘tkazilgan «Jar» stadionidagi uchrashuvda esa Po‘latxo‘ja Xoldorxonovning 75-daqiqadagi yagona goli “Olimpik” klubiga g‘alaba keltirgan.

“Olimpik”ning “So‘g‘diyona”ga qarshi o‘yinlari

Superliga-2022

4-tur, 02.04.2022

“So‘g‘diyona” – “Olimpik” - 1:1

Gollar: Sh.Norxonov 90+3 - O.Jo‘raqo‘ziev 78

 

Superliga-2022

17-tur, 29.08.2022

“Olimpik” – “So‘g‘diyona” - 1:0

Gol: P.Xoldorxonov 75

Ertangi o‘yin ikkala jamoaning o‘zaro uchinchi to‘qnashuvi bo‘ladi, - deya xabar bermoqda "Olimpik" matbuot xizmati. Ma’lumki, ilk turda "Olimpik" "Paxtakor" maydonida 2:3 hisobida amaldagi chempionni taslim qildi. "So‘g‘diyona" esa mezbon sifatida "Bunyodkor"ni qabul qilib 0:1 hisobida yutqazib qo‘ydi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!