Amerika kubogi-2021 finali oldidan Messi sheriklariga motivatsion nutq yo‘llagan

  • 2 noyabr, 2022, 22:28
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Netflix'da Argentina terma jamoasining Amerika kubogi – 2021dagi g‘alabasi haqidagi film premerasi e’lon qilindi. Unda Lionel Messining final oldidan kiyinish xonasida aytgan nutqida nimalar degani ma’lum bo‘ldi.

Tecno

“Ushbu turnir Argentinada o‘tishi kerak edi, lekin boshqa sabablarga ko‘ra musobaqa bu erda bo‘lib o‘tmoqda. Endi biz bu kubokni Marakanaga ko‘tarishimiz mumkin. Agar buni uddalay olsak, barchamiz uchun yanada yaxshi bo‘ladi. Keling, maydonga xotirjamlik va ishonch bilan tushamiz, chunki biz kubokni uyga olib ketmoqchimiz”, degan Messi sheriklariga.

Eslatib o‘tamiz, Amerika kubogi finalida Argentina terma jamoasi Braziliyani 1:0 hisobida mag‘lub etgandi. Yagona gol muallifi Anxel di Mariya hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!