Amerika kubogi. Argentina finalda Braziliyaga qarshi o‘ynaydi

  • 07.07.2021 09:38
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Bugun Braziliya maydonlarida o‘tayotgan Amerika kubogining ikkinchi yarim final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Argentina va Kolumbiya terma jamoalari o‘zaro bahs olib bordi.

Qiziqarli va shiddatli ruhda kechgan uchrashuvning asosiy va qo‘shimcha bo‘limlarida kuchlar teng keldi – 1:1. Shu tariqa g‘olib nomi penaltilar seriyasida aniqlandi. Unda 3:2 hisobida argentinaliklarning qo‘li baland keldi.

Endi Argentina finalda mezbon Braziliyaga qarshi maydonga tushadi.

Argentina – Kolumbiya 1:1 (1:0, 0:1, 0:0, 0:0), penaltilar bo‘yicha - 3:2

7 iyul, 06:00

Gollar: 1:0 – 7 Martines, 1:1 – 61 Dias.

Argentina – Martines, Molina (Montiel, 46), Petstselya, Otamendi, Talyafiko, de Paul, Rodriges, Lo Chelso (Paredes, 56), Messi, Martines, Gonsales (Di Mariya, 67).

Kolumbiya – Ospina, Munos, Mina, Sanches, Tesilo (Fabra, 46), Kuadrado, Barrios, Kuelyar (Chara, 46), Dias, Borre (Kardona, 46), Sapata (Borxa, 60).

Penaltilar seriyasi: 1:0, 1:1, 2:1, 2:2, 3:2.

Ogohlantirishlar: Lo Chelso (21), Kuadrado (45), Fabra (55), Borxa (63), Montiel (72), Munos (75), Kardona (86), Rodriges (87), Barrios (88), Petstselya (90).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!