
Amerika kubogi Argentina va Kolumbiyada bo‘lib o‘tadi
KONMEBOL rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra, bu boradagi qaror tashkilotning AQShda o‘tgan kengash majlisida qabul qilindi.
Ilgariroq AQSh va Avstraliya ham mezbonlik uchun ariza bergan edi, ammo ularning arizasi rad etildi. Buning asosiy sabablaridan biri KONMEBOL o‘tgan yilning dekabr oyida Shimoliy va Markaziy Amerika hamda Karib havzasi Konfederatsiyasi - KONKAKAF mintaqasidan 6 ta termani 2020, 2024 va 2028 yilgi Amerika kubogida ishtirok etish uchun taklif qilgan, biroq rad javobini olgan edi.
Fikrlar