Amerika kubogi. Di Mariyaning yagona goli Argentinaga bosh sovrinni olib berdi

  • 11 iyul, 2021, 11:31
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Amerika kubogining final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda mezbon Braziliya terma jamoasi Argentinaga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuv taqdirini 22-daqiqada Anxel Di Mariya tomonidan kiritilgan yagona gol hal qildi. Shu tariqa Argentina bosh sovringa ega bo‘ldi.

E’tiborlisi, bu argentinaliklar sardori Lionel Messi uchun terma jamoa safidagi ilk sovrin bo‘ldi.

Argentina – Braziliya - 1:0 (1:0)

Gol: Di Mariya, 22 - 1:0

Argentina: Martines, Otamendi, Romero (Petstselya, 79), Montiel, Akunya, de Paul, Paredes (Rodriges, 54), Lo Chelso (Talyafiko, 63), Di Mariya (Palasios, 79), Messi, Martines (Gonsales, 79).

Braziliya: Ederson, Lodi (Emerson, 76), Danilo, Tiago Silva, Markinos, Fred (Firmino, 46), Kazemiro, Lukas Paketa (Gabriel Barboza, 76), Everton (Vinisius Junior, 63), Neymar, Risharlison.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!