
Amerika kubogi. Messining dubli Argentinaning yirik hisobdagi g‘alabasini ta’minladi
Bugun Amerika kubogining 5-tur uchrashuvlari davom ettirildi. Musobaqa favoritlaridan biri hisoblangan Argentina Boliviyaga qarshi bahs olib bordi.
Gollarga boy kechgan o‘yin 4:1 hisobida argentinaliklarning ishonchli g‘alabasi bilan yakunlandi. Shu kuni g‘olib jamoa safida gollarni Gomes, Messi (dubl) va Martines kiritgan bo‘lsa, boliviyaliklarning yagona javob goliga Saavedra mualliflik qildi.
Boliviya – Argentina - 1:4
Gollar: 0:1 – 6 Gomes, 0:2 – 33, penalti Messi, 0:3 – 42 Messi, 1:3 – 60 Saavedra, 1:4 – 65 Martines.
Boliviya: Lampe, Saavedra (Vilyarroel, 85), Akin, Juzino, Fernandes (Vayyar, 81), Xustiniano, Chura (Vaka, 61), Vaka, Sespedes (Sagredo, 61), Bexarano, Alvares (Ramalo, 61).
Argentina: Armani, Montiel, Petstselya, Martines, Akunya, Rodriges (Paredes, 71), Palasios (Dominges, 71), Korrea (Lo Chelso, 64), Messi, Gomes (Alvares, 56), Aguero (Martines, 63).
Fikrlar