Amerika kubogi. Peru Boliviyani ishonchli hisobda engdi, Braziliya esa Venesuela bilan nursiz durangga imzo chekdi

  • 19.06.2019 08:11
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor shu kunlarda Braziliya yashil maydonlarida Amerika kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.

Bugun guruh bosqichining 2-tur uchrashuvlariga start berildi. Jumladan, Boliviya Peruga qarshi maydonga tushdi va 1:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Mezbon Braziliya esa Venesuelani enga olmadi – 0:0.

Boliviya – Peru 1:3 (1:1, 0:2)

19 iyun, 02.30, «Marakana»

Gollar: 1:0 – 28, penalti Moreno, 1:1 – 45 Gerrero, 1:2 – 55 Farfan, 1:3 – 90 Flores.

Boliviya – Lampe, Bexarano, Akin, Djuzino, Bexarano, Saavedra (Vaka, 73), Xustiniano, Sausedo (Fernandes, 71), Chumasero, Kastro (Alvares, 80), Moreno.

Peru – Galese, Advinkula, Sambrano (Arauxo, 85), Abram, Trauko, Tapiya, Yotun, Polo, Farfan, Kueva (Flores, 79), Gerrero (Gonsales, 90).

Ogohlantirishlar: Sambrano (27), Chumasero (30), Gerrero (42), Fernandes (72), Akin (82).

***

Braziliya – Venesuela 0:0 (0:0, 0:0)

19 iyun, 05.30, «Fonte Nova»

Braziliya – Alisson, Tiago Silva, Dani Alves, Markinos, Filipe Luis, Kazemiro (Fernandino, 57), Artur, Risharlison (Gabriel Jezus, 46), Koutino, Neres (Everton, 72), Firmino.

Venesuela – Farines, Vilyanueva, Ernandes, Rosales, Osorio, Moreno, Murilo, Errera (Soteldo, 66), Rinkon, Machis (Figera, 76), Rondon (Martines, 85).

Ogohlantirishlar: Murilo (37), Kazemiro (41), Figera (90).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!