Amerika kubogi. So‘nggi daqiqada Kazemir tomonidan kiritilgan gol Braziliyaga Kolumbiya ustidan g‘alaba keltirdi

  • 24 iyun, 2021, 11:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Amerika kubogining guruh bosqich 4-turida Braziliya terma jamoasi Kolumbiyaga qarshi bahs olib bordi.

Dastlab, 10-daqiqada Dias o‘z goli bilan Kolumbiyani hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 78-daqiada Firmino hisobni tenglashtirdi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarning so‘nggisida Kazemiro Braziliya terma jamoasiga g‘alaba keltirgan golni kiritdi. Shu tariqa Braziliya 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng Braziliya terma jamoasi muddatidan avval pley-off masalasini hal qildi.

Braziliya – Kolumbiya - 2:1

Gollar: 0:1 – 10 Dias, 1:1 – 78 Firmino, 2:1 – 90+10 Kazemiro.

Braziliya: Ueverton, Danilo, Markinos, Tyago Silva, Aleks Sandro (Lodi, 62), Everton Ribeyro (Firmino, 46), Kazemiro, Fred (Lukas Paketa, 68), Risharlison (Gabriel Barboza, 77), Gabriel Jezus (Everton, 77), Neymar.

Kolumbiya: Ospina, Munos, Mina, Sanches, Tesilo, Kuadrado, Barrios, Uribe, Dias (Murilo, 90), Borre (Kuelyar, 64), Sapata (Borxa, 64).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!