
Amerika kubogi. Urugvay Yaponiya bilan durang o‘ynadi
"Gremio Arena"da kechgan uchrashuv 2:2 hisobidagi jangovar durang natija bilan nihoyasiga etdi. Koji Miyoshi tomonidan kiritilgan ikki golga urugvayliklar safida Luis Suares va Xose Ximeneslar javob qaytarishdi.
Shu tariqa, Urugvay hisobidagi ochkolar soni 4 taga etdi va jamoa turnir jadvalida peshqadamlikni davom ettirmoqda. Yaponiya esa 1 ochko bilan 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Qit’adoshlarimiz kelgusi tur Ekvador bilan, Oskar Tabares shogirdlari esa Chili bilan kuch sinashadi.
Amerika kubogi. "S" guruhi. 3-tur
Urugvay – Yaponiya 2:2 (1:1, 1:1)
Gollar: 0:1 – 25 Mieshi, 1:1 – 32, penalti Suares, 1:2 – 59 Mieshi, 2:2 – 66 Ximenes.
Urugvay – Muslera, Ximenes, Godin, Kaseres, Bentankur, Laksalt (Gonsales, 28), Torreyra, Nandes (de Arraskaeta, 60), Lodeyro (Valverde, 73), Kavani, Suares.
Yaponiya – Kavashima, Tomiyasu, Ueda, Itakura, Ivata (Tatsuta, 87), Mieshi (Kubo, 83), Nakajima, Abe (Ueda, 67), Shibasaki, Sugioka, Okazaki.
Ogohlantirishlar: Ueda (31), Nakadzima (78).
Fikrlar
енгишганди.
Энди булса Олимпия термаси билан Уругвайга карши уларнинг уз уйида
(Бразилия дануби Уругвай билан чегарадош) дуранг уйнашди.!!!