
Amerika kubogining eng yaxshi futbolchilari e’lon qilindi
Janubiy Amerika futbol konfederatsiyasi (KONMEBOL) Amerika kubogining eng yaxshi futbolchilarini e’lon qildi.
Bu nomga Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi va Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar munosib ko‘rildi.
11 iyul tongida Argentina va Braziliya term jamoalari final uchrashuvida o‘zaro maydonga tushadi.
Neymar ushbu musobaqada jami 5 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2 ta gol hamda 3 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. 6 ta o‘yinda ishtirok etgan Messi esa 4 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar