Amerikalik qizlar muz ustida barchani lol qoldirdi
Rossiyada 18 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan xokkey bo‘yicha jahon chempionati yakunlandi.
Chempionatning oltin medali uchun o‘tgan o‘yinda AQSh va Shvetsiya yoshlar terma jamoasi o‘zaro kuch sinashdi. Ushbu o‘yinda amerikalik qizlar raqiblarini 9:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, jahon chempioniga aylanishdi.
Shuningdek, Rossiya va Kanada yoshlar terma jamoalari bronza medalni qo‘lga kiritish uchun raqobatlashdi. Unda Kanada termasi mezbonlarni 5:1 hisobida engdi va shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy oldi.

Fikrlar