Belgiya klubi bankrotlikdan qutulib qoldi

  • 29 aprel, 2020, 23:33
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Belgiyaninng "Ostende" klubi bankrotlik holatidan chiqib, professional klub unvonini saqlab qoldi. Oldinroq, jamoa koronavirus pandemiyasi sabab moliyaviy muammolarga duch kelgani xabar qilingan edi.

Tecno

Klub prezidenti Frank Dirkens ushbu xaftada amerikalik investorlar guruhi bilan muzokara o‘tkazib, jamoani investitsiya qilish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Endi klub 4 maygacha litsenziyasini tiklab olish ishlarini olib borishi kerak bo‘ladi. Oldinroq, oliy liganing "Standard", "Muskron", shuningdek ikkinchi divizon vakillari "Lokeren", "Rozelar", "Lommel" va "Virton" klublari ligada ishtirok etish litsenziyasini qo‘lga kirita olmagan edi.

Bir muddat oldin xabar qilinganidek, Belgiya chempionati koronavirus pandemiyasi sabab muddatidan oldin yakunlanishi mumkin. Ushbu bo‘yicha yakuniy qarorni mutasaddliar 4 may kuni e’lon qilishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!