
Amin Ergashevning navbatdagi jang sanasi va raqibi ma’lum! (Poster)
23 oktyabr kuni "ATF Championship 15" turniri tashkil etiladi.
Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan, mazkur jang kechasining asosiy to‘qnashuvida bir necha yillardan buyon og‘ir vazn toifasida yurtimiz sharafini munosib himoya qilib kelayotgan, MMA jangchisi Amin Ergashev oktagonga ko‘tariladi.
U eronlik Navid Yadegariga qarshi bahs yuritadi. Ma’lumki, Ergashev faoliyati mobaynida EFC, GFC, Alash Pride kabi promoushenlarida jang qilgan. U so‘ngi jangini bir yil avval "EFC 40 " turnirida Adan Makitovga qarshi o‘tkazgan va 1-raundning o‘zida nokaut bilan g‘alaba qozongandi.
Eslatib o‘tamiz, yurtdoshimiz professional faoliyati mobaynida 12 ta g‘alaba va 4 mag‘lubiyat qayd etgan. Uning raqibi Yadagerini ko‘rsatkichi esa, 3-1 ko‘rinish olgan.
Fikrlar