Amirbek Jo‘raboev: "Paxtakor"ga qarshi o‘yindan kerakli xulosalar chiqardik

  • 21.09.2019 13:10
  • Bekzod Isayev
  • 2
  • Futbol

Xabaringiz bor, "Navbahor" jamoasi Cuperliga 20-turi doirasidan o‘rin olgan bahsda Jizzaxda “So‘g‘diyona” klubi mehmoni bo‘ladi. 

“Lochinlar”ning 23 yoshli tojikistonlik mahoratli yarim himoyachisi Amirbek Jo‘raboev bo‘lajak bahs oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

- O‘tgan turda garchi “Paxtakor”ga munosib qarshilik ko‘rsatgan bo‘lsak-da, yagona xato evaziga alamli tarzda mag‘lubiyatga uchradik. O‘sha mag‘lubiyatdan murabbiylar shtabi va biz – futbolchilar kerakli xulosalarni chiqardik.

Jizzaxda o‘tkaziladigan o‘yinga barchamiz jiddiy tayyorgarlik ko‘rdik. Jamoamizning murabbiylar shtabi mashg‘ulotlarni ajoyib tarzda olib borishdi hamda barchamiz unda faol qatnashdik, ancha ter to‘kdik. Ushbu omil “So‘g‘diyona” bilan bo‘ladigan bahsda o‘z mevasini beradi, degan umiddaman.

Bo‘lajak uchrashuvda g‘alaba qozonish uchun barcha imkoniyatimizni ishga solamiz hamda ushbu niyatimizni amalga oshirish uchun astoydil intilamiz, - dedi futbolchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Абдусамат Жураев
21/09/2019 13:52
АМИРБЕК ТОЛКА ПОБЕДА ЖДЁТ НАМАНГАН
Bahrom Razzakov
21/09/2019 13:30
Omad Navbahor! Faqat G'alaba !