
Amit Pangal so‘ngi vaqtlarda nega terma jamoa safidan o‘rin olmayotganligi va Hasanboy Do‘smatov haqida so‘z yuritdi"
O‘zbekistonlik boks ixlosmandlariga yaxshi tanish bo‘lgan va Hasanboy Do‘smatov uchun printsipial raqibga aylanib ulgurgan Hindiston vakili Amit Pangal so‘ngi vaqtlarda rasmiy musobaqalarda ko‘rinmay qolgandi. Biz ushbu iqtidorli bokschi bilan bog‘lanib, qisqacha muloqotda bo‘ldik.
- Assalomu alaykum. Amit siz bilan yana hamsuhbat bo‘layotganligimizdan xursandmiz!
- Rahmat. Albatta, men ham xursandman.
- Sizni Toshkentda bo‘lib o‘tadigan, jahon chempionatida ko‘ramiz, deb o‘ylagandik?
- Avvalo, do‘stim Hasanboy Do‘smatovni jahon chempioni bo‘lganligi bilan tabriklayman! Men esa navbatdagi turnirlarga tayyorgarlik ko‘rayapman.
- Hindiston terma jamoasida -51 va -54 kg vazn toifalarida boshqa bokschilar qatnashayotganligini ko‘rib, Amit Pangal faoliyatini yakunlabdi, degan fikrga kelgandik?
- Yo‘q unday emas. Faoliyatimni yakunlamadim.
- Terma jamoa tarkibidan o‘rin olmaganligingizni sababi, milliy chempionatinglardagi mag‘lubiyatmi?
- Bizda tanlov kriteriyalari g‘alaba qozonganinga qarab emas, aksincha ochkolik sistemada bo‘ldi va men tanlanmadim. Yana shuni alohida ta’kidlab o‘tamanki, milliy chempionatimizda ham yutqazganim yo‘q.
- Demak, keyingi nufuzli turnirlarda sizni ko‘rishimiz mumkin ekanda?
- Albatta, bugundan boshlab Osiyo o‘yinlari uchun 3 haftalik o‘quv-yig‘inlari boshlandi.
- Unda omad tilaymiz sizga!
- Rahmat, xursand bo‘ldim!
Fikrlar