Amorim: "Biz bir-ikki yil chempionlik uchun kurasha olmaymiz"
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim jamoaning keyingi mavsumdagi maqsaqlari haqida gapirdi.
"Men bilaman, biz yaqin bir-ikki yil ichida katta raqobatbardosh klub bo‘lolmaymiz. O‘zgarishlar vaqt talab etishini tushunamiz, lekin bu uchun ko‘p yillar kerak deb aytmayman. Bizning maqsadimiz — keyingi yil. Men telba emasman, keyingi mavsumda APL chempionligini qo‘lga kiritamiz demayman. Ammo shu bilan birga, bizga ko‘p yillar kerak deb ham aytmayman. Biz keyingi mavsumda ishlar ancha yaxshi bo‘lishini xohlaymiz.
Men faqat o‘tirib, "bizga ko‘p vaqt kerak" deb gapiradigan odam bo‘lishni istamayman. Men unday emasman," — dedi Amorim matbuot anjumanida.
"Manchester Yunayted"ning navbatdagi o‘yini 6-aprel kuni “Manchester Siti”ga qarshi bo‘lib o‘tadi. Hozirda MYu 37 ochko bilan 13-pag‘onani band etib turibdi.

Fikrlar