Amorim Donnarumma haqidagi savolga kulib qo‘ydi

  • 10 avgust, 19:47
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim shanba kuni "Old Trafford" atrofida muxlislarga imzolar berdi. Ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan videoda undan PSJ darvozaboni Janluiji Donnarummani olish haqida so‘rashgani eshitiladi.

Tecno

Amorim dastlab muxlis so‘zini to‘liq eshitmadi, savol qayta takrorlangach esa faqatgina kuldi.

Avvalroq matbuotda PSJ yozda Donnarummani sotishga tayyorligi haqida xabarlar chiqqandi — bu qaror darvozabon bilan shartnomani uzaytirish borasidagi muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlanganidan keyin qabul qilingan.

Ruben Amorim, Manager of Manchester United looks on during the pre-season friendly match between Manchester United and ACF Fiorentina at Old Trafford...

Eslatib o‘tamiz, Angliya Premer-ligasining birinchi turida "Manchester Yunayted" 17 avgust, yakshanba kuni "Arsenal"ni qabul qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!