Amorim: "Evropa ligasida g‘alaba qozonish biz uchun muhim emas"

  • 21 may, 14:54
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, bugun Evropa ligasi finalida Angliya Premer-ligasining 16 va 17-o‘rindagi jamoalar "Manchester Yunayted" va "Tottenxem" klublari o‘zaro to‘qnash keladi. Ushbu bellashuvdan avval "qizil iblislar" mutaxassisi Ruben Amorim o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 
 
"Bu klubimiz uchun eng muhimi emas, deganimda aynan shuni nazarda tutyapman. Kechirasiz, "Manchester Yunayted" uchun Evropa ligasida g‘alaba qozonish unchalik muhim emas. 
 
Biz Angliya Premer-ligasi va Chempionlar ligasida chempionlikka intilishimiz kerak, hozir biz bundan yiroqmiz. 
 
Albatta, bu mening fikrim. Evropa ligasida g‘alaba qozonish - bu Evropa chempionligi. Ammo menda doim bu etarli emas, degan hissiyot bor"
- deya ta’rif berib o‘tdi portugaliyalik mutaxassis. 
 
Ma’lumot o‘rnida, bugungi bellashuv soat 00:00da start olishi rejalashtirilgan.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!