Amorim: Sen futbol o‘ynashni PSJ himoyachisidan o‘rgan!
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ruben Amorim jamoa himoyachisi Patrik Dorguga qanday o‘ynashni “Pari Sen-Jermen” yulduzi Nunu Mendeshdan o‘rganishni tavsiya qildi.
Sun Sport nashri ma’lumotiga ko‘ra, portugaliyalik murabbiy 21 yoshli daniyalik futbolchiga Mendeshning o‘yin uslubini chuqur o‘rganishni uqtirgan.
Bosh murabbiyning fikricha, Mendeshning o‘yin uslubini o‘zlashtirish Patrik Dorguga o‘z pozitsiyasida eng yaxshi himoyachilardan bo‘lishga yordam beradi.
Amorim Dorguda katta salohiyat borligiga ishonadi va uni to‘liq ochish g‘oyasini hayotga tadbiq etmoqchi. Murabbiylar shtabi unga “ikkinchi Nunu Mendesh” deb nom bergan.
Dorgu joriy yilning fevralida Italiya chempionatidagi “Lechche” klubidan “Manchester Yunayted”ga transfer qilingan. Himoyaning chap qanotida o‘ynaydigan 21 yoshli futbolchi joriy mavsumda “qizil iblislar” safida jami 10 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta golli pas berdi.

Fikrlar