Amorim yangi jamoasiga Manchesterdan futbolchi olib keladi

  • 16.06.2026 16:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Manuel Ugarte yaqin vaqtlarda "Milan" safiga o‘tishi mumkin. Bu haqida futbol bo‘yicha insayder Nikolo Skira xabar berdi.

Manbalarga ko‘ra, "Milan"ga 25 yoshli urugvaylik futbolchini olish taklif qilingan. Agar bitim amalga oshsa, Ugarte Italiya klubida yaqin orada jamoaning yangi bosh murabbiyi sifatida ish boshlaydigan Ruben Amorim qo‘l ostida o‘ynaydi. 

Shu bilan birga, hozircha klublar o‘rtasida Ugartening transferi bo‘yicha rasmiy muzokaralar boshlanmagani ta’kidlanmoqda.

Ugarte 2025/26 yildgi mavsumda barcha musobaqalar doirasida 24 o‘yinda maydonga tushdi, ammo gol yoki golli uzatma qayd etmadi. Transfermarkt portali bahosiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 25 million evroni tashkil etadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!