Amrabatni Italiyaning boshqa bir klubi sotib olmoqchi

  • 28 avgust, 2023, 22:05
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Sofyan Ambarat ushbu yozda "Fiorentina"ni tark etishga harakat qilyapti. Uni "Manchester Yunayted" o‘z tarkibiga qo‘shib olishi mumkin, lekin buning uchun avval "qizil iblislar"ni kimdir tark etishi kerak bo‘ladi. 

Tecno

"Calcio Mercato Web" nashri xabar berishicha, yarim himoyachi uchun kurashga "Napoli" ham qo‘shildi. neapolliklar "Selta"dan Gabri Veygani sotib olayotgandi, lekin futbolchi Saudiyani tanladi. Endi klub boshqa yarim himoyachi sotib olmoqchi.

Amrabatning o‘zi hali bir qarorga kelmagan. Agarda uni Manchester klubi ololmasa, Italiyada qolishi ham mumkin.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!