"An-Nasr" legioneri yana jarohat oldi
Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubi futbolchisi Nikolas Martines jarohat oldi.
Klub matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, riyodliklar yarim himoyachisi tizzasidan jarohat olgan va navbatdagi o‘yinlarda jamoasiga yordam bera olmaydi.
Ma’lumot uchun, Martines yaqindagina jarohatidan tuzalib safga qaytgandi. Joriy mavsum argentinalik 7 ta o‘yinda maydonga tushgan.

Fikrlar