"An-Nasr" Ronalduning sobiq jamoadoshi bilan shartnoma imzolamoqchi

  • 15 iyul, 2023, 16:06
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
"An-Nasr" "Manchester Yunayted" himoyachisi Aleks Telles ta’qiqga qaramasdan shartnoma imzolash niyatida. Bu haqda "Daily Mail" nashri xabar bermoqda. 

Braziliyalik mankunialiklar safida ayni vaqtda Saudiya Arabistoni grandi sharafini himoya qilayotgan Krishtianu Ronaldu bilan bir jamoada to‘p tepgan. 

O‘tgan mavsumni Telles "Sevilya" safida ijara asosida o‘tkazdi va barcha musobaqalarda 38 o‘yinda maydonga tushib, 3 ta samarali uzatma muallifiga aylandi. 


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!