
"An-Nasr" safarda g‘alaba qozondi
Saudiya Arabistoni chempionatining 27-turidan o‘rin olgan "Al-Tai" - "An-Nasr" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda mehmonlar 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab, Ronaldu 52-daqiqada penaltidan hisobni ochgan bo‘lsa, 80-daqiqada Taliska o‘yinga nuqta qo‘ydi. Masharipov kichik jarohat sabab ushbu bahsni o‘tkazib yubordi.
Shu tariqa, "An-Nasr" ochkolari sonini 60 taga etkazib olib, turnir jadvalida 2-o‘rindan joy oldi.
Fikrlar