
"An-Nasr" Shensnini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
"An-Nasr"ning yozgi rejalari aniq. Klub bitta darvozabon bilan shartnoma imzolashni istamqoda va variantlar orasida "Yuventus" a’zosi Voytsex Shensni ham bor.
Fabritsio Romano xabar berishicha, tomonlar muzokaralarni boshlagan. Turinliklar 34 yoshli posbonni sotishga tayyor. Barcha polshalik futbolchining javobini kutmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Shensni 2017 yildan beri "Yuventus" safida to‘p tepib keladi. Uni klub "Arsenal"dan 18 million evroga sotib olgandi.
Fikrlar