
"An-Nasr"ning navbatdagi nishoni Hakim Zieshga qaratildi!
Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubi "Chelsi"dan Hakim Zieshni sotib olmoqchi. Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, riyodliklar allaqachon muzokaralarni boshlab yuborgan. Futbolchining o‘zi ham Saudiya Arabistoniga borishga qarshi emas.
Ayrim norasmiy manbalarning xabar berishicha, "An-Nasr" "Chelsi"dan hujumchi Per-Emerik Obameyangni ham qo‘lga kiritishni reja qilgan. Gabonlik hujumchi Krishtianu Ronaldu bilan sheriklikda hujumda harakat qilishi ko‘zda tutilgan.
Fikrlar