"An-Nassr" hujumchisi "Beshiktosh" bilan shartnoma imzoladi

  • 20 yanvar, 2023, 06:25
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"An-Nassr" hujumchisi Vensan Abubakar faoliyatini Turkiya chempionatida davom ettiradigan bo‘ldi. Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda. 

Ma’lum bo‘lishicha, kamerunlik hujumchi turk klubi bilan 2.5 yillik shartnoma borasida kelishib olgan. "An-Nassr"ga Ronaldu kelganidan so‘ng uning ketishi tobora oydinlashib borayotgandi. 

Ma’lumot o‘rnida, u joriy mavsum Saudiya Arabistoni chempionatida 11 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 4 ta gol yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan. 


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!