
Ana holos! "Bavariya" futbolchilarni Germaniya terma jamoasiga qo‘yib yubormaydimi?
"Bavariya" klubi prezidenti Uli Xyoness Manuel Noyer terma jamoada asosiy tarkibdan tushib qolsa, jamoa futbolchilarni Germaniya terma jamoasiga qo‘yib yubormasligini ta’kidladi.
"Agar bunday vaziyat yuzaga kelsa, terma jamoaga futbolchilarni qo‘yib yuborishni to‘htatamiz.
Biz hech qachon bunday o‘zgarishlarni qabul qilmaymiz, Lyov bizni eshitadi," - dedi Xyoness.
Yaqin hafta ichida, ter Shtegen Noyerning o‘rniga terma jamoaning oldindagi 2 ta uchrashuvini asosiy tarkibda boshlashi haqida xabarlar tarqagan.
Avvalroq, Noer va ter Shtegen matbuotda ularning qaysi biri terma jamoaning boshlang‘ich tarkibida o‘ynashga loyiq ekanligi xususida janjal chiqqan edi.
Fikrlar