Ana xolos! Beyl yozda Xitoy klubiga o‘tishi mumkin

  • 14 may, 2019, 11:18
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi vingeri Garet Beyl yozda Xitoy klubiga ko‘chib o‘tishi mumkin.

Ispan nashrlarining yozishicha nomi oshkor etilmayotgan klub 29 yoshli uelslik futbolchining transferi uchun madridliklarga 120 million evro to‘lashga tayyor. Bundan tashqari ular Beylning o‘ziga yiliga 30 million evro maosh va’da qilishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “qirollik klubi” rahbariyati Beylni mavsumlar oralig‘ida sotib yuborishni rejalashtirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ta’kidlash kerakki, unga shuningdek "Manchester Yunayted" va "Tottenxem" jamoalaridan ham qiziqishlar mavjud.

Ma’lumot uchun, Beylning ayni damda “Real”da olayotgan yillik maoshi 27 mln evroni tashkil etadi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!