Ana xolos: Bir futbolchiga 9 ta jamoa xaridor

  • 7 oktabr, 2023, 10:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Niderlandiya chempionatida “Feyenoord” jamoasi sharafini himoya qilayotgan Kvinten Timberning xaridorlari ko‘payib ketdi.

22 yoshli universal yarim himoyachini to‘qqizta jamoa o‘z safiga chorlamoqda. Xaridorlar “Arsenal”, “Liverpul”, “Manchester Siti”, “Manchester Yunayted”, “Tottenxem”, “Atletiko Madrid”, “Borussiya Dortmund”, “Monako” va “Napoli” singari nomdor jamoalardir.

Kvinten “Arsenal” tarkibida o‘ynayotgan Yurrien Timberning egizagi ekani ko‘pchilik bilmaksa kerak.

Kvinten joriy mavsumda ettita uchrashuvda uchta golli pas berdi va o‘zi ham bir bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

Bu futbolchi “Ayaks” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Professional darajada “Utrext” jamoasida ham to‘p tepgan. “Feyenoord” yarim himoyachisi ayni paytda 8 million evroga baholanyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!