
Ana xolos: “Chelsi” 12 nafar futbolchini haydayapti. Ketadiganlar nomi oshkor qilindi
“Chelsi” rahbariyati jamoa tarkibini tubdan o‘zgartirishga qaror qildi. Keyingi yillarda “aristokratlar” eng ko‘p yangi o‘yinchi olgan va transferga o‘ta katta miqdorda pul sarflagan klubga aylanib qolgandi.
Jurnalist Nikola Skiraning tasdiqlashicha, shu yoz klub 12 nafar futbolchi bilan xayrlashadigan bo‘lyaptiyu.
Ketadiganlar ro‘yxatiga uch nafar darvozabon – Kepa Arrisabalaga, Jorje Petrovich, Gebriel Slonina kiritildi.
Himoyachilardan Benjamin Chiluell, Trevo Chaloba, Malang Sarr xizmatidan voz kechiladi.
Yarim himoya vakillaridan Chezare Kazadey va Andrey Santos, hujumchilardan Rahim Sterling, Datro Fofana, Romelu Lukaku va Armando Broyya o‘ziga tezroq boshqa jamoa topishi kerak.
Bu futbolchilarning birortasi yangi bosh murabbiy Entso Maresko rejasiga kiritilmagan.
Fikrlar