Ana xolos! "Chelsi" Azarni qo‘yib yubormasligi mumkin

  • 15 may, 2019, 14:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" vingeri Eden Azarning “Real”ga ko‘chib o‘tishi hamon so‘roq ostida qolmoqda.

Tecno

The Sun nashri tarqatgan xabarga ko‘ra belgiyalik futbolchi "Stemford Brij"ni yaqinlashib kelayotgan yozgi transferlar davrida tark etishni rejalashtirmoqda. Ammo, “aristokratlar” rahbariyati uning bu xohishiga qarshi chiqib, tarkibda olib qolishi mumkin. Chunki, FIFA tomonidan ularga qo‘yilgan transfer taqiqi olib tashlanmasa, "Chelsi" etakchi futbolchisisiz qolishi mumkin. Shu sababli ham ular bu masalada jiddiy bosh qotirishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq FIFA londonliklarning apellyatsiyasini rad etgan edi. Endi “Chelsi”da xalqaro sport arbitraj sudiga murojaat qilish huquqi bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!