
Ana xolos! Desham Benzemaning qolishini istamagan ekan
Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Karim Benzema bosh murabbiy Dide Desham bilan kelisha olmayapti.
"Libertad Digital" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, futbolchi jarohat tufayli terma jamoaning Qatardagi qarorgohini tark etishni istamagan. U jarohatidan tiklana olishiga so‘nggi soniyalargacha ishongan. Eng qizig‘i, Benzema Madridga qaytganidan so‘ng "Real" shifokorlari uni 3 kunda da’volab ulgurgan.
Ammo Desham uni ortga qaytarib yuborish qaroriga kelgan va shunday degan: "Afsus, Karim, ammo ketishing kerak". Qayd etilishicha, Dide 34 yoshli futbolchining xizmatiga ehtiyoj yo‘q deb hisoblagan.
"Uch ranglilar" Jahon chempionati finaliga chiqdi. Endi ular 18 dekabr kuni Argentinaga qarshi bosh sovrin uchun kurash olib boradi.
Fikrlar