Ana xolos! Dibala Ronalduning ketishidan xursand!

  • 29 may, 2021, 20:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Yuventus” etakchisi Krishtianu Ronalduning Turindan ketishi uning hujumdagi sherigi Paulo Dibalaning faoliyatiga ijobiy ta’sir qiladigan ko‘rinadi. Aslida argentinalik hujumchi Ronaldu kelganidan keyin ikkinchi planga o‘tib qolgandi.

Tecno

Turin superklubini Massimiliano Allegri boshqarishi hal bo‘lganidan keyin portugaliyalik yulduz o‘ziga yangi jamoa qidirishga kirishdi. Bungacha ketish istagida yurgan Dibala esa qolish payiga tushdi. Paulo Allegri bilan yaxshi munosabatda.

Ma’lumotlarga qaraganda, Allegri argentinalik futbolchiga asosiy hujumchi vazifasini yuklashdan tashqari, uni jamoa sardori etib tayinlamoqchi ekan.

27 yoshli to‘purar yakunlangan chempionatda 20 ta o‘yinda to‘rtta gol urdi va uchta golli pas oshirdi xolos.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!