
Ana xolos! Frantsiyada mavsum tiklanishi mumkin
Frantsiya chempionatida mavsum tiklanishi va pley-off formatida yakunlanishi mumkin. Bu haqda UEFAga tayanib Goal.som xabar tarqatmoqda.
Eslatib o‘tish lozimki, aprel oyi oxirida Liga 1 muddatidan avval yakunlangan va PSJ chempion deb e’lon qilingan edi.
Mavsumning erta yakunlanishiga qarshi chiqqanlardan asosiysi “Lion” prezidenti Jan-Mishel Olya hisoblanadi. Boisi, uning jamoasi 7-o‘rinda qolib ketdi va 1997 yildan buyon ilk bor evrokuboklarda qatnasha olmaydigan bo‘ldi.
Fikrlar