
Ana xolos! Frensis Ngannu Tayson Fyuri bilan jang qilishni xohlamoqda
UFC og‘ir vazn toifasida o‘zining chempionlik kamarini qo‘lgan kiritgan Frensis Ngannu boksda ham o‘zini sinab ko‘rishga qarshi emas. U og‘ir vazn toifasida WBC jahon chempioni Tayson Fyuri bilan jang qilishni xohlamoqda.
"Albatta, men bunga tayyorman. Esda tuting, boks mening asosiy orzum bo‘lgan va bu istak hamon saqlanib qolgan. Qachondir ushbu yo‘nalishga ham qadam qo‘yishimga ishonaman. Men Mayk Tayson bilan emas, boshqa bir og‘ir vaznli Tayson Fyuri kabi bokschi bilan jang qilishni istar edim," - dedi Ngannu.
Eslatib o‘tamiz, Frensis Ngannu UFC 260 turniri doirasida Stipe Miochichni 2-raundda chuqur nokautga uchratib, UFC og‘ir vazn toifasi chempioniga aylangan edi.
Fikrlar