Ana xolos! Kanselu ketsa, Kuadrado himoyachiga aylanishi mumkin
Turinning "Yuventus" klubi "Manchester Siti" va "Manchester Yunayted" jamoalarining jiddiy qiziqishlariga sabab bo‘layotgan portugaliyalik himoyachisi Joau Kanseluga munosib o‘rinbosar topib qo‘ydi.
Tuttosport nashrining xabar berishicha "keksa sinora"ning e’tibori "Valensiya" himoyachisi Kristiano Pichchiniga tushgan. Agar turinliklar ushbu 26 yoshli italiyalik futbolchini sotib olisholmasa, u holda nominal vinger hisoblangan Xuan Kuadradodan qanot himoyachisi sifatida foydalanishlari mumkin.
Ma’lumot uchun, Pichchini o‘tgan mavsum "Valensiya" safida jami 38ta o‘yinda maydonga tushdi va 1ta gol urishga erishdi. Uning “ko‘rshapalaklar” bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan. Transfer narxi esa 7,5 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar