Ana xolos! Kecha "Milan"dan iste’foga chiqarilgan Gattuzo tez orada "Roma"da ish boshlashi mumkin

  • 29.05.2019 13:19
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Rimning "Roma" klubi rahbariyati Klaudio Raneridan bo‘shaydigan bosh murabbiy lavozimiga nomzodlarni ko‘rib chiqmoqda.

Sky Sport Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “bo‘rilar”ning e’tibori bu borada Marko Jampaolo ("Sampdoriya"), Jennaro Gattuzo (ishsiz) va Roberto de Dzerbi ("Sassuolo") kabi mutaxassislarga tushgan.

Eslatib o‘tamiz, “Roma” bundan avvalroq Antonio Konte va Jan Pero Gasperini nomzodlarini ko‘z ostiga olib qo‘ygan edi. Biroq, ularning birinchisi "Inter" bilan shartnoma imzoladi, ikkinchisi esa "Atalanta"da qolishga qaror qildi.

Ma’lumot uchun, “Roma” yakunlangan mavsum A Seriyada 6-o‘rinda yakunladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!