Ana xolos: Klopp Muhammad Salohning “Liverpul”ga kelishiga qarshi bo‘lgan!

  • 4 aprel, 12:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Muhammad Saloh so‘nggi yillarda “Liverpul”ning eng zo‘r to‘purariga aylangan va jamoa muvaffaqiyatlari ko‘p jihatdan uning samaradorligiga bog‘liq.

Tecno

Biroq liverpulliklar bilan katta muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritgan Yurgen Klopp 2017 yili misrlik vingerning jamoaga olinishiga qarshi bo‘lib, boshqa futbolchini kutgan. Bu haqda “Liverpul” klubining analitika markazi sobiq direktori Ian Grem ma’lumot berdi.

- Klopp uchun o‘sha yoz Yulian Brantd nomzodi muhim edi. Bu ajoyib futbolchining imkoniyatlarini Yurgen yaxshi bilgan. Chunki u Bundesligadan kelgani bois nemis bozorini yaxshi tushunar edi.

Biz uning fikriga qo‘shildik, lekin Brandt o‘sha davrda Muhammad Salohdek ajralib turmagan. Tahlillarimizdan Saloh Evropadagi eng yaxshi qanot  hujumchisi bo‘lib turgandi, “Roma” moliyaviy ahvolidan kelib chiqib, uni sotishga majburligini bilardik.

Biz aynan qanot hujumchisi pozitsiyasini to‘ldirishimiz kerak bo‘lgan. Brandt esa, asosan hujumkor yarim himoyachi vazifasini bajararji. Yurgen Klopp o‘shanda o‘ziga Muhammad Salohning zo‘rligini isbotlab berishimizni talab qilgan, - dedi Ian Grem.

Muhammad Saloh “Liverpul”ga 2017 yilning iyul oyida “Roma”dan 42 million evro evaziga olib kelingan. Shundan beri misrlik futbolchi “Liverpul” safida jami 393 ta uchrashuvda ishtirok etib, 243 ta gol va 110 ta assist muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!