Ana xolos: Lazizbek Mullojonov doping qoidalarini buzganlikda gumonlanmoqda

  • 30 iyul, 13:22
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Xalqaro Test Agentligi (ITA) ma’lum qilishicha, 2025 yil 11 iyun kuni musobaqadan tashqari o‘tkazilgan doping nazorati chog‘ida o‘zbekistonlik bokschi Lazizbek Mullojonovdan olingan namunada "methasterone" moddasi – anabolik-androgenik steroid aniqlangan.

Tecno

"Methasterone" moddasi Butunjahon Antidoping Agentligi (WADA) tomonidan taqiqlangan moddalar ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, S1.1 bo‘lim ostida har qanday vaqtda – musobaqa davomida ham, undan tashqarida ham – qo‘llanishi qat’iyan man etilgan. Bu modda mushak massasini tez oshirish, kuch va quvvatni ko‘paytirish xususiyatlari bilan tanilgan sintetik anabolik steroid hisoblanadi.

Sportchiga bu holat haqida rasmiy ravishda xabar berilgan va u “B” namunani tahlil qilishni so‘rash huquqiga ega. Agar “B” namunasi ham xuddi shunday natijani ko‘rsatsa, bu holat doping qoidalarini buzish sifatida rasman tasdiqlanadi. Agar sportchi “B” namunani tekshirtirmasa, bu holda ham qoidabuzarlik holati sifatida qaraladi. Shu bilan birga, sportchiga bu natijaga izoh berish imkoniyati beriladi.

Shuningdek, Jahon boks antidoping qoidalarining 7.4.1-moddasiga muvofiq, sportchiga majburiy vaqtincha chetlashtirish (provisional suspension) jazosi qo‘llanilgan. Sportchi bu chetlashtirishga qarshi shikoyat kiritish va uni bekor qilishni so‘rash huquqiga ega.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!