
Ana xolos! "Liverpul"ning 4-himoyachisi jarohat oldi
"Liverpul"da kadrlar muammosi og‘ir ahvolga kelib qoldi.
"Sky Sports" nashrining ma’lum qilishicha, mersisaydliklarning navbatdagi markaziy himoyachisi Jo Gomes jarohat olib, mashg‘ulotlarni tark etishga majbur bo‘lgan. Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt hali ushbu jarohat haqida gapirmagan. Ammo xabarlarga ko‘ra, "uch sherlar" fulbeki uzoq muddatga safdan chiqqan.
Gomes bu mavsumda jarohat olgan "Liverpul"ning 4-himoyachisi hisoblanadi. Ungacha Virjil Van Deyk, Trent Aleksandr Arnold kabi himoyachilar hamda orqa chiziqda harakat qilishga moslashtirilayotgan Fabino turli xil jarohatlar bilan maydonga tusha olmayotgan edi.
Fikrlar