
Ana xolos! "Lokomotiv" Jaloliddinov o‘rniga chernogoriyalik futbolchini qaydnomaga kiritdi. Jasur ijaraga berib yuboriladi
Moskvaning “Lokomotiv” klubi yozda "Bunyodkor"dan sotib olgan o‘zbekistonlik yarim himoyachi Jasur Jaloliddinovni RPL qaydnomasidan chiqardi.
“Temiryo‘lchilar” hamyurtimiz o‘rniga 26 yoshli chernogoriyalik hujumchi Luka Jorjevichni qaydnomaga qo‘shib qo‘ydi.
EkSport telegram kanali tarqatgan xabarga ko‘ra, “Lokomotiv” 18 yoshli Jaloliddinovni tez orada birorta jamoaga ijaraga berib yuboradi. Ammo Jasurning qaysi jamoaga ketishi hozircha noma’lum.
Voqealar rivojini birga kuzatamiz.
Fikrlar