Ana xolos! Mbappening ijtimoiy tarmog‘ida Messini haqoratlagani va 2028-yilda "Manchester Yunayted"ga o‘tishi haqida post joylandi

  • 29.08.2024 15:54
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning "Real" klubi hujumchisi Kilian Mbappening akkaunti Twitter ijtimoiy tarmog‘ida xakerlik hujumiga uchradi. 

Noma’lum shaxslar bir nechta postlarni joylashtirgan. Ulardan birida Mbappening PSJdagi sobiq jamoadoshi Lionel Messini "pakana" deb atashgan. Shuningdek, ular Kilian nomidan u 2028 yilning yozida "Manchester Yunayted"ga o‘tishini yozishgan. 

Xakerlarning asosiy maqsadi o‘zlari tomonidan yaratilgan MBAPPE kriptovalyutasiga qiziqishni jalb qilish edi. Aniqlik kiritilishicha, ular bir kechada 10 million evrodan ko‘proq daromad olishgan.

Ma’lumot uchun, ertalab akkauntdan bu xabarlar o‘chirildi va hisobga kirish tiklandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!