Ana xolos! Messi, Ronaldu va yana bir qator yulduzlar "Evro-2020" va "JCh-2022"da ishtirok etmaydi!

  • 19 aprel, 2021, 12:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

UEFA prezidenti Aleksandr Cheferinning ta’kidlashicha, tashkilot Evropa Superligasi o‘yinlarida ishtirok etadigan futbolchilarga qit’a va jahon chempionatlarida qatnashishga taqiq qo‘yiladi.

Tecno

"Superligada o‘ynaydigan futbolchilarga jahon chempionati va Evropa chemponatida ishtirok etishga yo‘l qo‘yilmaydi. Ularga o‘z milliy jamoalarida o‘ynashga ruxsat berilmaydi", - deyiladi xabarda.

Superliga 12 ta klub tomonidan tashkil qilin. Oldinda “Evro-2020” hamda “JCh-2022” kabi yirik musobaqalar kutib turibdi. Agar Cheferin so‘zida tursa va Superliga klublari o‘z fikridan qaytmasa, ushbu bo‘lajak ikki yirik musobaqada aksariyat yulduz futbolchilar ishtirok etmaydi.

Ronaldu to‘p surayotgan “Yuventus” va Messi harakat qiladigan “Barselona” birinchilardan bo‘lib Evropa Superligasiga qo‘shilishni ma’qullagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!