Ana xolos: Messi faoliyati davomida faqatgina “Real” futbolchisi bilan libos almashishni so‘ragan ekan

  • 27 aprel, 2017, 22:45
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Barselona” klubi hujumchisi  Lionel Messi faoliyati davomida faqatgina bir futbolchidan libos almashtirishni so‘ragan ekan. Argentinalik futbolchining aytishicha, bu futbolchi “Real”ning hozirgi murabbiyi Zinedin Zidan bo‘lgan ekan.

“Men faqatgina bir bor raqib jamoa futbolchisidan liboslarni o‘zaro almashishni so‘raganman. Bu – Zidan edi. Guti mendan ikki bor libosimni so‘ragan. Bir safar “Kamp Nou”dagi bahsdan so‘ng, keyin “Santyago Bernabeu”da ham”, - deb futbolchining gaplarini keltirib o‘tdi Invictos nashri.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!