
Ana xolos! Muhammad Saloh “Liverpul”dan ketadi!
Misr terma jamoasining afsonaviy o‘yinchisi Ahmad Xossam Mido misrliklarning bugungi kundagi eng mashhur futbolchisi Muhammad Salohning kelajagi haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
- Men Muhammad Saloh tez orada “Liverpul”ni tark etadi, deb hisoblayman. U ajoyib futbolchi va dunyoning ko‘plab klublarini uni o‘z safida ko‘rishni istaydi. Saloh kamida yana besh yil yuqori saviyada o‘ynay oladi, - dedi Mido.
Ta’kidlash lozimki, “Liverpul” mutasaddilari anchadan beri Muhammad Saloh bilan yangi bitim bo‘yicha kelishuvga erisha olmayapti. Afrikalik hujumchi mehnatiga yarasha maoshini sezilarli oshirilishini talab qilmoqda.
Saloh joriy mavsumda barcha turnirlarda 36 ta uchrashuvda maydonga tushi. U raqiblar darvozasiga 28 ta to‘p kiritib, jamoadoshlarini 10 ta golli pas bilan ta’minladi.
Fikrlar