Ana xolos: Neymar muxlislariga shumxabar

  • 9 avgust, 2023, 16:56
  • 0
  • Futbol

Uzoq muddat davomida jarohatini davolatib, endiga maydonga qaytgan Neymar PSJning navbatdagi mashg‘ulotlarida ishtirok etmadi.

Frantsiya matbuotining yozishicha, 31 yoshli braziliyalik yulduz mushaklaridan shikastlangani uchun mashg‘ulotlarni o‘tkazib yuborishga majbur bo‘lmoqda.

Neymar shu yilning boshida tizzasidagi jarohat bezovta qilgani tufayli mavsumning ikkinchi yarmini o‘tkazib yuborgan edi.

Ayni paytda braziliyalik forvardning kelajagi mavhum bo‘lib turibdi. U PSJ rahbariyatiga jamoani tark etishini ma’lum qilgan.

O‘zi “Barselona”ga qaytmoqchi. Biroq, kataloniyaliklar moliyaviy inqiroz tufayli katta xarajat qila olmaydi. Neymarga saudiyaliklar jiddiy qiziqish bildiryapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!