Ana xolos! "Nyukasl" futbolchisining maoshi 35 barobarga oshadi

  • 3 iyun, 2020, 08:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Nyukasl" klubi yarim himoyachisi Mettyu Longstaff faoliyatini "Udineze"da davom ettiradi. Bu haqda Sky Sports jurnalisti Kit Dauni o‘zining tvitterdagi sahifasida ma’lum qildi.

Tecno

Aytish lozimki, 20 yoshli futbolchi A Seriya klubi safiga erkin agent sifatida tekinga borib qo‘shiladi. Boisi, uning “qarg‘alar” bilan amaldagi shartnomasi shu yoz o‘z nihoyasiga etadi. U yangi jamoasida yiliga 1 mln 750 ming evro maosh oladi. Bu esa uning “Nyukasl”dagi maoshidan naqd 35 marta ko‘p deganidir.

“Udineze” “Manchester Siti” xo‘jayiniga tegishli ekanini ham unutmaslik lozim.

Longstaff joriy mavsum “Nyukasl” safida 13 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!