Ana xolos! O‘zbekiston milliy va olimpiya terma jamoasining o‘rtoqlik uchrashuvi boshlanish vaqti o‘zgardi

  • 27 may, 2019, 19:29
  • Bekzod Isayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO
Joriy yilning 11 iyun kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda Suriya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishi haqida avval xabar berib o‘tgandik. 
 
Mazkur o‘yinni qirg‘izistonlik Risbek Shekirbekov boshqarib boradi. Unga qanotlarda Bahodir Qo‘chqorov va Ismoilxon Tolipjonov yordam berishadi.
 
Uchrashuv boshlanish vaqti avvaliga 11 iyun kuni soat 20:30ga belgilangandi. Ammo keyinchalik Suriya terma jamoasining iltimosiga ko‘ra soat 18:30ga ko‘chirildi. Sababi Suriya terma jamoasi ortga qaytish chiptalarini almashtirdi. Ular o‘sha kunning o‘zida yarim tundagi reys bilan vatanlariga qaytadigan bo‘lishdi. Shu sababli samolyotga kech qolmaslik uchun o‘yinni ertaroq o‘tkazishni so‘rab murojaat qilishdi. Ularning bu murojaati O‘FA tomonidan ijobiy hal qilindi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

Yaxshi bilasiz, shu kuni O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Namanganda Misr olimpiya terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi. "Sport TV" 11 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan har ikkala o‘yinni jonli translyatsiya qilishni rejalashtirgani uchun O‘zbekiston OTJ - Misr OTJ o‘yinining boshlanish vaqti soat 20:30ga ko‘chirildi. Shu tariqa muxlislar har ikkala o‘yinni jonli efirda tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
 
O‘rtoqlik o‘yini
 
11 iyun, "Milliy" stadioni. Soat 18:30
 
O‘zbekiston - Suriya
 
Bosh hakam: Risbek Shekirbekov (Qirg‘iziston)
 
Referi assistenti: Bahodir Qo‘chqorov (Qirg‘iziston)
 
Referi assistenti: IsmoilxonTolipjonov (Qirg‘iziston)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Eric
27/05/2019 19:53
Haqiqiy futbol atmosferasi namanganda bular ekanda
&
Uznamcity
28/05/2019 19:26
Muhammad Saloh kesa zor bolardi bizam bir tirigi korarmidik a nima dedilar
&
Наманганец
31/05/2019 10:31
Мухаммад Салох Миср Олимпия терма жамоасида уйнамайди .
Abdurasul Pirxonov
27/05/2019 20:01
Кечаги уйинларни олиб бермади енди калласи ишлабди буларди агар яна айниб колмаса